10:11 / 12.08.2021
1 924

«Chelsi» penaltilar seriyasida «Vilyarreal»ni mag‘lub etib, UYEFA Superkubogiga ega chiqdi


Foto: Getty Images
UYEFA Superkubogida «Chelsi» va «Vilyarreal» jamoalari 11 avgust kuni o‘zaro bahs yuritdi. Uchrashuvning 27-daqiqasida Hakim Ziyosh londonliklarni oldinga olib chiqdi. 73-daqiqada Xerar Moreno muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtning qolgan qismida hisob o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi.

Unda ham muvozanat saqlanib qoldi va hammasini penaltilar seriyasi hal qilib berdi. «Futbol lotereya»sida omad londonliklarga kulib boqdi. «Chelsi» o‘z tarixida ikkinchi marta UYEFA Superkubogiga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» 2020/21 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, «Vilyarreal» Yevropa Ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi.

UYEFA Superkubogi
11 avgust, chorshanba
«Chelsi» (Angliya) — «Vilyarreal» (Ispaniya) 1:1
Penaltilar seriyasi:
6:5
Gollar: 1:0 – 27 Ziyosh, 1:1 – 73 Xerar Moreno.
«Chelsi»: Mendi (Arrisabalaga, 119), Alonso, Zuma (Kristensen, 66), Ryudiger, Chaloba, Ziyosh (Pulishich, 43), Kante (Jorjino, 65), Havers, Kovachich, Hadson-Odoi (Aspilikueta, 82), Verner (Maunt, 65).
«Vilyarreal»: Asenxo, Alberto Moreno (Morlanes, 85), Foyt, Albiol, Pedrasa (Estupinyan, 58), Trigeros (Moyses Gomes, 71), Kapu (Mario Gaspar, 70), Pino (Mandi, 90), Pau Torres, Dia (Raba, 86), Xerar Moreno.
Ogohlantirishlar: Ryudiger (45), Pino (61), Raba (119).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» penaltilar seriyasida «Vilyarreal»ni mag‘lub etib, UYEFA Superkubogiga ega chiqdi