“Roma” A Seriyaning to‘rtinchi tur uchrashuvida “Verona”dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan keyin rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- “Verona”ning yaxshi sifatlari ko‘pligini va ularga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lishini bilardim. Bosh murabbiy almashgani odatda psixologik reaksiya keltirib chiqaradi va bu holat o‘yin davomida ko‘rindi. Yangi bosh murabbiy qo‘llayotgan uslub avvalgi murabbiy Ivan Yurich o‘tgan yili “Verona”da qo‘llagan usulga o‘xshashi bois futbolchilar unga tez moslashdi.
Biz ham yaxshi natijaga intildik. Individual kurashlarda ko‘p yutqazdik, deya olmayman. Menga o‘yinda nimalar bo‘lganini tushunib yetish uchun videotasvirlarni ko‘rib, tahlil qilishimga bir necha soat kerak bo‘ladi.
Biz vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olmadik. Nikolo Dzanolo ortga qaytib, himoyaga yordam berishi kerak edi. Futbolchilar to‘pni oldinga tepib yuborish holatlari ham ko‘p bo‘ldi.
“Verona”ning birinchi golidan keyin ular to‘xtamasligi aniq edi va ochiq o‘yin birinchi planga chiqdi. Bu bizga syurpriz bo‘lgani yo‘q. Biz murakkab vaziyatlardan chiqishni o‘rganishimiz kerak, chunki har doim ham vaziyatni nazorat qila olmayapmiz, - dedi Joze Mourino. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi