16:47 / 19.11.2021
10 811

Murodjon Ahmadaliyev ishtirok etadigan boks oqshomini qaysi telekanaldan ko‘rish mumkin?

Murodjon Ahmadaliyev ishtirok etadigan boks oqshomini qaysi telekanaldan ko‘rish mumkin?
Toshkent vaqti bilan 20 noyabr tongida Amerika Qo‘shma Shtatlari Nyu-Hempshir shatatidagi SNHU arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Mazkur kechada hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev o‘ziga tegishli bo‘lgan WVA va IBF jahon chempionlik kamarlarini chililik Xose Velaskesdan himoya qiladi.

Kechaning asosiy kardi tongi soat 5:00 da boshlanishi kutilmoqda. Ahmadaliyev ishtirokidagi bahs esa taxminan 5:30 dan so‘ng 6:00 ga yaqin vaqtda boshlanadi. Asosiy kard janglari juftliklari quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Demetrius Andrade - Djeyson Kuigli o‘rta vaznda (72,5 kg) WBO chempionlik kamari uchun;
2. Xulio Sezar Martines - MakVilyams Arroyo o‘ta yengil vaznda (50,8 kg) WVC chempionlik kamari uchun;
3. Murodjon Axmadaliyev - Xose Velaskes birinchi yarim yengil vaznda (55,3 kg)WVA va IBF chempionlik kamari uchun;
4. Kali Reys - Djessika Kamara ayollar o‘rtasida super o‘rta vazn toifasida (63,5 kg) WVA, WVO, IBO chempionlik kamarlari uchun.

Mazkur bahslarni Sport telekanali orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev ishtirok etadigan boks oqshomini qaysi telekanaldan ko‘rish mumkin?