Beeline–O‘zbekiston mobil aloqa operatori 2015 yil 10 mart kuni bo‘lib o‘tgan milliy matbuot anjumani doirasida o‘zining yangi bosh direktori Vladimir Petrovni jurnalistlarga tanishtirdi va 2014 yil yakunlarini sarhisob qildi.
Unitel MChJ bosh direktori Vladimir Petrov o‘z chiqishida o‘tgan yil mobaynida kompaniyaning kapital xarajatlari 79 million AQSh dollarini tashkil etganini ta’kidladi. O‘zbekistondagi Beeline uyali aloqasi abonentlarining soni to‘rtinchi chorak natijalari bo‘yicha 10 593 000 kishini tashkil etdi. Shunday qilib, abonent shartnomalari sonining o‘sishi 75000 tani yoki 1 foizni tashkil qildi. Kompaniyaning chorak operasion foydasi yil mobaynida 7 foizga oshdi va 718 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, Beeline−O‘zbekiston kompaniyasiga yangi bosh direktor etib Vladimir Petrov tayinlanagani haqida 2015 yil 14 yanvarda xabar berilgan edi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi