Xitoyning Xiaomi kompaniyasi so‘nggi vaqtda turli aqlli gadjetlarni yaratishda davom etmoqda. Bu gal xitoylik shovvoz Mi Alarm Clock nomli aqlli budilnikni taqdim qildi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Yangi gadjet foydalanuvchini yoqimli musiqalar bilan asta-sekin uyg‘otishi mumkin. Qurilmada svetodiodli yorug‘lik foni ko‘zda tutilgan, unga signal o‘chiradigan yirik tugma o‘rnatilgan. Bundan tashqari, gadjetni Mi App ilovasi orqali smartfondan sozlash imkoniyati mavjud. Mi Alarm Clock birlamchi parametrlar bo‘yicha o‘rnatilgan standart signallarga ega, biroq foydalanuvchi smartfondagi istalgan ohangni ham sozlasa bo‘ladi. Eng qizig‘i, budilnik nafaqat uyqudan uyg‘onishga, balki sokin musiqalar ostida uyquga ketishda ham yordam beradi.
Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, gadjetga turli ovoz balandliklarini qo‘llab-quvvatlaydigan ilg‘or dinamik o‘rnatilgan. Mi Alarm Clock 30 dollar narxida sotuvga chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi