Apple kompaniyasi oktyabr oyida App Store resursidan keraksiz va qoidalarga javob bermaydigan 47 300 ta ilovani o‘chirib tashlagan. Ushbu ko‘rsatkich kompaniya 2016 yilda bir oy mobaynida do‘kondan o‘chirgan ilovalar miqdoridan 3 marta ko‘proqdir (odatda, Apple oyiga 14 mingta ilovani o‘chirardi).
Eng ko‘p ilovalar “O‘yinlar” bo‘limidan o‘chirilgan bo‘lib, jami olib tashlangan ilovalarning 28 foizini tashkil qilgan. Keyingi o‘rinlarni “Ko‘ngil ochish” (8,99 %), “Kitoblar” (8,96%) va “Ta’lim” (7%) bo‘limlari egallagan. O‘chirilgan ilovalarning qariyb yarmi 2015 yilning may oyidan beri yangilanmagan.
Apple’ning ta’kidlashicha, App Store’da har hafta taxminan 100 mingga yaqin yangi va yangilangan ilovalar paydo bo‘ladi. Do‘kondagi ilovalarning jami soni 2 million atrofida. 2020 yilga borib ushbu miqdor 5 millionga etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi