6 992
Konstitusiya kuniga bag‘ishlab Beeline O‘zbekistonning arxitektura yodgorliklari bo‘yicha virtual yo‘lnoma yaratdi
Beeline Play Market‘da yangi mobil ilovasi ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Beeline Guide O‘zbekistonning asosiy yodgorliklarining noyob 3D-panoramalari kolleksiyasini virtual haqiqiylik tizimida tomosha qilish imkonini beradi.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Beeline Guide O‘zbekistonning tarixiy obidalarini – o‘rta asr me’morligi durdonalari va zamonaviy arxitektura na’munalarining go‘zalligi va xilma-xilligini butun dunyoga ko‘rsatishga mo‘ljallangan ilovadir. VR formati maxsus ko‘zoynak yordamida foydalanuvchini haqiqiy sharq ertagi muhitiga butunlay sho‘ng‘ishiga imkon beradi. O‘zbek, rus va ingliz tillaridagi audiogid O‘zbekiston tarixining yangi qirralarini ochishda yordam beradi. Ushbu noyob ilovaning ishga tushirilishi – Konstututsiya Kunida respublikamizga bag‘ishlangan sovg‘amizdir”.
Sharq durdonasining asosiy yodgorliklarining noyob 3D-panoramalari Temuriylar renessansi davridan qadimiy Osiyo shaharlarining madaniy yorishish davriga foydalanuvchilarni o‘tkazib qo‘yadi. Xivaning ulug‘vor minoralarini, Samarqandning ulkan madrasalarini, Buxoroning qadimiy masjidlarini va Toshkentning zamonaviy ko‘rinishlarini Beeline Guide ilovasi yordamida yangicha tamosha qilish mumkin.
Beeline Guide mobil ilovasini Android OT foydalanuvchilari quyidagi havola orqali yuklab olishlari mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.qr360
Yaqin vaqt orasida ilovani iOS foydalanuvchilari ham yuklab olishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi