Smarfon yoki planshetda Wi-Fi simsiz aloqasi sezilarli darajada batareya quvvatini sarflashini hamma biladi. Ayniqsa, ushbu aloqa orqali katta hajmdagi fayllar o‘tkazilganda quvvat sarfi yanada oshadi. AQShning Vashington universiteti tadqiqotchilari joriy Wi-Fi standartidan ko‘ra 10 000 marta kam energiya sarflaydigan Wi-Fi signalini chiqaradigan texnologiyani yaratishdi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti. Ishlanmaga “Passiv Wi-Fi” nomi berilgan bo‘lib, u mazkur standartdagi aloqani kelgusida butulay yangi pog‘onaga olib chiqishi aytilmoqda.
Yangi texnologiya raqamli va analogli amallarni ikkiga ajratish asosida ishlaydi. Passiv Wi-Fi signalni yuborish uchun alohida analogli tranzistordan foydalanadi, natijada mazkur signal yutiladi va kam quvvat ishlatadigan raqamli o‘tkazgichlar orqali an’anaviy paket formatida yuboriladi.
Passiv Wi-Fi texnologiyasining energiya sarfi Bluetooth LE yoki ZigBee modullariga qaraganda 1000 marta kamroq ekan. Yangi texnologiyani 2017-yilda amaliy misolda namoyish qilish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”