Microsoft o‘zining bulut platformasi Azure’da muammolar paydo bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qizil dengizdan o‘tuvchi muhim internet kabellari zararlangach, ayrim hududlarda internet va bulut xizmatlarida uzilish kuzatilgan.
Kompaniya muhandislari vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va barcha xizmatlarni qayta tiklash uchun chora ko‘rmoqda. Shunga qaramay, foydalanuvchilar ayrim kechikish va uzilishlardan shikoyat qilmoqda.
Qizil dengizdagi kabel liniyalari global internet tizimining ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Shu sababli bunday nosozliklar butun dunyoda sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mutaxassislar muammo tez orada hal etilishini bildirdi. Sizningcha, internetning bunday zaif joylari kelajakda qanday himoya qilinishi kerak?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!