
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyul oylarida 18,6 mingdan ziyod o‘zbekistonliklar Koreya Respublikasiga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,4 ming kishiga yoki qariyb 52 foizga ko‘p.
Safarlar maqsadi turlicha bo‘lib, asosiy yo‘nalish turizm hisoblanadi. Joriy yilning 7 oyida quyidagicha taqsimlangan:
sayohat – 12 836 nafar,
qarindoshlar bilan ko‘rishish – 3 734 nafar,
o‘qish uchun ketganlar – 1 789 nafar,
xizmat safari – 224 nafar,
davolanish maqsadida borganlar – 33 nafar.
Ko‘rinib turibdiki, Koreyaga qiziqish yildan yilga ortib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar