date

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga binoan, FIFA Prezidenti Janni Infantino yurtimizga rasmiy tashrif bilan keldi. Uning tashrifi asosan futbol sohasini yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan yangi loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda nufuzli musobaqa – “CAFA Nations Cup-2025” final bahsini jonli ravishda ko‘rish maqsadini ko‘zlaydi.

FIFA delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti va MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘FAning birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda boshqa rasmiylar kutib olishdi.

Janni Infantinoning tashrifi O‘zbekiston futbolining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishi va FIFA bilan hamkorlikda qator strategik yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “CAFA Nations Cup-2025” final uchrashuvi bugun, 8 sentyabr kuni “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahsda mezbon O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da start oladi va futbol muxlislari uchun yuqori darajadagi shouga aylanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi