date

Germaniyada Jupiter superkompyuteri rasman foydalanishga topshirildi

Germaniyada Jupiter superkompyuteri rasman foydalanishga topshirildi

Germaniyada Yevropaning eng kuchli superkompyuteri — Jupiter ishga tushirildi. Marosim mamlakatning Yulix shahrida bo‘lib o‘tdi. Yangi tizim zamonaviy Nvidia protsessorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u soniyasiga bir kvintillion hisob-kitob amalini bajarish quvvatiga ega. Bu ko‘rsatkich taxminan 10 million oddiy noutbukning umumiy imkoniyatiga teng, deya ta’kidlandi.

Jupiter superkompyuteri Yevropa uchun strategik ahamiyat kasb etadi. Loyihani Fransiyaning Atos IT guruhi va Germaniyaning ParTec kompaniyasi hamkorlikda ishlab chiqqan. Uning ochilishida Germaniya kansleri Fridrix Mers ishtirok etib, bu sa’y-harakat Yevropa uchun AQSH va Xitoy kabi davlatlar bilan sun’iy intellekt sohasida raqobatlashish imkoniyatini oshirishini qayd etdi.

Superkompyuterlardan foydalanish sohalari juda keng. Xususan, Jupiter biotexnologiyada, iqlim o‘zgarishlarini o‘rganishda, tibbiy tahlillarda, fan va ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilishi rejalashtirilgan. Uning yordamida genetika, dori vositalari ishlab chiqish va global ekologik muammolarni tahlil qilishda yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Germaniyada Jupiter superkompyuteri rasman foydalanishga topshirildi