date

Oqqush kiyimidagi erkak Patriarx ko‘lida hibsga olindi

Oqqush kiyimidagi erkak Patriarx ko‘lida hibsga olindi

Moskvaning Patriarx ko‘lida noodatiy sahna yuz berdi — oqqush libosida SUP taxtasida suzgan erkak politsiya tomonidan qo‘lga olindi, deb yozadi “Podyom”.

Aksiya ishtirokchisi niqob, qanotli oqqush kostyumi va “Oqqushlar uchun hovuz, ......uchun emas” yozuvi tushirilgan futbolka kiygan holda chiqish qildi.

Namoyish vaqtida u muvozanatini yo‘qotib, suvga qulab tushdi. Qirg‘oqda uni politsiya kutib olib, mayda bezorilik bo‘yicha protokol tuzdi va bir kechaga bo‘limda qoldirdi. Endi unga 1000 rublgacha jarima yoki 15 kungacha qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin. Sud jarayoni 8 sentabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Aksiyaning tashabbuskori sifatida SUP taxtalari ishlab chiqaruvchi PointBreak kompaniyasi o‘zini tanishtirdi.

“Biz suv qushlarini himoya qilishni maqsad qildik. ‘Biz ham bir xil suv ustida yuryapmiz’, – dedi kompaniya vakili. Unga ko‘ra, Patriarx ko‘lida oqqushlarning erkinligi cheklanmoqda va ular doimiy ravishda sayr qiluvchilar tomonidan bezovta qilinmoqda. Shuning uchun bu chiqish oqqushlar huquqini qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida o‘tkazildi.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oqqush kiyimidagi erkak Patriarx ko‘lida hibsga olindi