Yashnobod tumanida avtomobil yonib ketdi

6 sentyabr kuni soat 18:44 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 5-b uy oldida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Ma’lumot qabul qilingan zahoti navbatdagi smena tarkibi va yong‘in-qutqaruv texnikasi yo‘lga chiqdi.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 18:50 da yetib borib, holatni baholadi va yong‘in o‘choqlarini lokallashtirishga kirishdi. Qutqaruvchilar harakatlari natijasida yong‘in soat 18:54 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Shuningdek, profilaktika maqsadida ayrim texnik talablarga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari ham olib borilayotgani qayd etildi.































Izohlar 0
…