AQShda bir guruh yozuvchilar Apple kompaniyasini sudga berdi. Ularning aytishicha, Apple kitoblarni mualliflarning ruxsatisiz sun’iy intellektni o‘qitishda ishlatgan.
Da’vo arizasida yozuvchi Gradi Gendrix va Jennifer Roberson o‘z asarlari Apple tomonidan noqonuniy foydalanilganini ta’kidladi. Ularning fikricha, kompaniya na ruxsat olgan, na tovon puli to‘lagan.
Shu kabi da’volar boshqa texnologik kompaniyalarga ham qaratilgan. Microsoft, Meta va OpenAI ham mualliflik huquqini buzganlikda ayblanib, sud ishlariga duch kelgan.
Mutaxassislar bu jarayonni mualliflik huquqlarini himoya qilishdagi muhim bosqich sifatida baholamoqda. Sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bu masala yanada dolzarb bo‘lib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar