date

Rossiyaning Ukrainaga hujumida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Ukrainaga hujumida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylarining ma’lum qilishicha, Rossiya tomonidan kecha tong oldidan amalga oshirilgan navbatdagi havo hujumi og‘ir oqibatlarga olib keldi. Aniqlanishicha, hujum natijasida kamida to‘rt nafar inson halok bo‘lgan, 44 kishi esa turli darajada jarohat olgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu voqeaga munosabat bildirib, Rossiyani tinch aholini o‘ldirishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva o‘tkazayotgan bunday keng ko‘lamli hujumlar urushni sun’iy ravishda uzaytirayotgani va siyosiy yechimga to‘siq bo‘layotganini ko‘rsatmoqda.

"Bunday qotilliklar hozir, haqiqiy diplomatiya boshlanishi mumkin bo‘lgan bir paytda amalga oshirilmoqda. Bu Rossiya rahbariyatining ongli ravishda qilayotgan jinoyatidir. Ular urushni uzaytirishdan manfaatdor. Vashingtonda bir necha bor ta’kidlanganidek, kimki muzokaralardan bosh tortsa, u sanksiyalarga duchor bo‘ladi. Faqat qat’iy siyosiy irodagina Kremlni odamlarni o‘ldirishni to‘xtatishga majbur qilishi mumkin", — dedi Zelenskiy.

Prezidentning ta’kidlashicha, Ukraina xalqi bunday hujumlarga qaramasdan o‘z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishda davom etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning harbiy harakatlari nafaqat Ukrainani, balki butun Yevropa xavfsizligini izdan chiqarishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Ukrainaga hujumida to‘rt kishi halok bo‘ldi