HAMAS G‘azodagi rahbari halok bo‘lganini tasdiqladi

HAMAS harakatining harbiy qanoti 29-dekabr kuni G‘azo sektoridagi yetakchi vakillaridan biri Abu Obeydaning halok bo‘lganini rasman tasdiqladi. Guruh bu haqda o‘zining Telegram kanalida e’lon qilgan bayonotida ma’lum qildi. Avvalroq Isroil tomoni u bir necha oy oldin berilgan havo zarbasi natijasida yo‘q qilinganini bildirgan edi.
Bayonotda Abu Obeyda HAMASning muhim shaxslaridan biri sifatida tilga olinib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Urush davomida u guruhning asosiy axborot vakili bo‘lib kelgan va muhim bayonotlar, jumladan, asirlar almashinuvi bo‘yicha ma’lumotlarni jamoatchilikka yetkazgan.
Abu Obeyda 1985-yilda tug‘ilgan va G‘azo sektorining shimolidagi Jabaliya hududida ulg‘aygan. U yoshligidan HAMAS safiga qo‘shilgan va keyinchalik harakatning harbiy qanotida faoliyat yuritgan. Abu Obeyda doimo yuzini yopgan holda chiqish qilishi bilan tanilgan edi.
Isroil rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, Abu Obeyda 2024-yil avgust oyida G‘azoga berilgan zarba vaqtida halok bo‘lgan. Isroil 2023-yil oktabr oyidan beri HAMAS rahbariyatini yo‘q qilishni maqsad qilganini bildirib kelmoqda. Mutaxassislar Abu Obeydaning o‘limi G‘azodagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!