date

Trent Realni tark etishi mumkin, APLdan uch klub kuzatmoqda

Trent Realni tark etishi mumkin, APLdan uch klub kuzatmoqda

Trent Aleksander-Arnold yozgi transferdan keyin «Real»dagi faoliyatini unchalik ishonchli boshlay olmadi. Madrid klubi ingliz himoyachisi vaqt o‘tishi bilan o‘yinini yaxshilashiga ishonmoqda, biroq kelasi yilda APLdan takliflar kelishini ham kutmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Defensa Central xabariga ko‘ra, Trenti «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» jiddiy nazoratga olgan. Manbada aytilishicha, ushbu klublarning har biri 27 yoshli futbolchi uchun 40 million yevro taklif qilishga tayyor.

Trent «Real» safida hozirgacha 16 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma bilan hisobini ochgan.

Hozirda «Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Trent Realni tark etishi mumkin, APLdan uch klub kuzatmoqda