date

Ronald Arauxo Barselona bilan umumiy mashg'ulotlarga qaytdi

Ronald Arauxo Barselona bilan umumiy mashg'ulotlarga qaytdi

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo jamoaning umumiy guruhidagi mashg'ulotlarni yana boshlab yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bugun, 29 dekabr kuni kataloniyaliklar ochiq mashg'ulot o‘tkazmoqda va urugvaylik futbolchi ham jamoadoshlari bilan birga maydonda ishlamoqda.

Arauxo oxirgi bor noyabr oyi oxirida Chempionlar ligasining umumiy bosqichida "Chelsi"ga qarshi o‘yinda (0:3) maydonga tushgandi. Shundan keyin himoyachiga psixologik muammolar sababli ta’til berilgan edi.

Ronald Arauxo 2018 yilda urugvaylik "Boston River" klubidan "Barselona"ga 4,7 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u kataloniyaliklar safida 15 uchrashuv o‘tkazib, 2 gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronald Arauxo Barselona bilan umumiy mashg'ulotlarga qaytdi