
Avvaliga AQShda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida rus hakerlarining raqamli ma’lumotlar omboriga tajovuz qildi, voqealar rivojini o‘zgartirib yubordi, degan gumonlar tarqagan edi. Bu xabar tafsilotlar so‘nggida, AQSh razvedkaga qarshi kurashish boshqarmasi haqiqatan Rossiya AQSh ichki siyosatiga ta’sir o‘tkazganini bildirdi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.
Endi navbat Fransiyaga shekilli, fransuzlar saylov demokratik tamoyillarda o‘tmasligidan xavotirga tushib qolgan. Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Ero quyidagi fikrni bildirdi:
“Bo‘lib o‘tgan voqealar bizni xushyor bo‘lishga chorlaydi. Qolaversa, EvroIttifoq tarafdori, nomzod Emmanuel Makronning elektron pochtasi ham hakerlar nishoniga aylangani rost”.
Niderlandiya esa Evropa Ittifoqining savdo paktiga qo‘shilishi yuzasidan o‘tkazilgan referendum natijasiga rus hakerlari ta’sir o‘tkazgan, degan fikrni bermoqda. Ular ham kelasi oy bo‘lib o‘tadigan hukumat uchun saylovlarni xavfsiz o‘tishi uchtida qayg‘urmoqda.
Norvegiya esa o‘tgan oy “Mehnatkashlar Partiyasi”ning maxfiy ma’lumotlari o‘g‘irlangani, hukumat saytlariga hakerlik hujumi bo‘lganini ta’kidlagan edi.
Xulosa qilib aytganda, evropaliklar Rossiya maxfiy xizmati kutilayotgan saylovlar natijasiga ta’sir o‘tkazishi mumkin, deb xavfsiramoqda. Bunda ular saylovchilar orasida yolg‘on ma’lumot va soxta xabarlarni tarqatish orqali, haqiqiy xabarlarni yashiradi, deb aytilmoqda manbada. Bizni qiziqtirgan jihati shuki, tajovuzlar natijasida nafaqat soxta ma’lumot tarqalmoqda, balki siyosatchilarning kirdikorlarini oshkor etuvchi maxfiy ma’lumotlar ham ommaga oshkor bo‘lmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar