Maktab rahbarlari endi KPI asosida bonus oladi

1 daqiqa o'qish219
Maktab rahbarlari endi KPI asosida bonus oladi

O‘zbekistonda maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va o‘qituvchilariga mehnat samaradorligiga qarab oylik ustama haqlar joriy etildi, deb xabar berdi Vazirlar Mahkamasi.

Yangi tizimga ko‘ra, ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagoglar faoliyati KPI — asosiy ish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanadi. Ularga to‘lanadigan bonuslar har oy to‘plangan ballar asosida belgilanadi.

Direktorlar uchun 61–70 ball to‘plaganlarga 3 foiz, 71–80 ballga — 10 foiz, 81–90 ballga — 15 foiz, 91–100 ball to‘plaganlarga esa 20 foiz ustama haq beriladi. Direktor o‘rinbosarlari uchun esa bu ko‘rsatkichlar 2,5 foizdan 10 foizgacha bo‘ladi.

Bonus olish huquqi maktabda rahbarlik lavozimida kamida to‘qqiz oy faoliyat yuritgan shaxslarga beriladi. Baholash mezonlari o‘quvchilarning bilim darajasi, fan olimpiadalaridagi yutuqlar, ijodiy faollik va tarbiyaviy ishlar samaradorligini qamrab oladi.

Shuningdek, “Zakovat” to‘garaklari rahbarlariga oylik maoshning 50 foizi miqdorida bir martalik bonus beriladi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari esa faoliyati samaradorligiga qarab 20 foizgacha rag‘bat puli oladi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, ushbu tizim o‘qituvchilar mehnatini adolatli baholash, kasbiy mahoratni oshirish va ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?