Nikohlar 15 yil ichidagi eng past darajaga tushdi

1 daqiqa o'qish204
Nikohlar 15 yil ichidagi eng past darajaga tushdi

O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni yildan-yilga kamayib bormoqda, deb xabar berdi Statistika qo‘mitasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatida mamlakat aholisi 38 million 69 ming nafarni tashkil etgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,9 foiz ko‘p.

Biroq, tug‘ilish ko‘rsatkichlari pasaygan: yanvar–sentyabr oylarida 664,6 ming bola tug‘ilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 30 ming nafarga kam.

Nikohlar soni ham oxirgi 15 yildagi eng past darajaga tushdi — to‘qqiz oyda bor-yo‘g‘i 177 ming nikoh qayd etilgan. Solishtirish uchun: 2021 yilda bu ko‘rsatkich 206,8 ming, 2022 yilda 197 ming, 2023 yilda esa 184,5 mingni tashkil etgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, aholining 19,4 millioni shaharlarda, 18,7 millioni qishloqlarda istiqomat qilmoqda. Samarqand va Farg‘ona viloyatlari aholi soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda, Sirdaryo viloyati esa eng kam aholili hudud hisoblanadi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, nikohlar va tug‘ilishlar sonining pasayishi aholi o‘sish sur’atiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu holatning sabablari sifatida ijtimoiy va iqtisodiy omillar tilga olinmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?