date

Yuventus fransuz yarim himoyachisini nishonga oldi

Yuventus fransuz yarim himoyachisini nishonga oldi
Udineze markaziy yarim himoyachisi Artur Atta Turin klubining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, "Yuventus" rahbariyati 22 yoshli fransuz futbolchini yaqindan kuzatib bormoqda. Qishki transfer oynasida Turin klubi "Udineze"ga rasmiy taklif yuborishi mumkin.

Atta joriy yil yozida Italiya chempionatiga kelib qo'shilgan edi. U "Udineze"ga Fransiyaning "Mets" klubidan o'tgan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi to'qqizta uchrashuvda maydonga tushib, ikki marta gol urdi va ikki marta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt uning qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yuventus fransuz yarim himoyachisini nishonga oldi