date

Instagram Plus sinovda: yangi pullik funksiyalar paydo bo‘lmoqda

Instagram Plus sinovda: yangi pullik funksiyalar paydo bo‘lmoqda

Meta kompaniyasi bir qator davlatlarda Instagram uchun yangi pullik obuna — Instagram Plus xizmatini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda TechCrunch manbalari xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu premium obuna foydalanuvchilarga qo‘shimcha va eksklyuziv imkoniyatlar taqdim etadi. Jumladan, Stories'larni muallifga bildirmasdan ko‘rish imkoniyati joriy etilishi mumkin. Bu esa obunachilarga anonim tarzda kontentni kuzatish imkonini beradi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar o‘z “hikoya”larini kim necha marta ko‘rganini ham kuzatib borish imkoniga ega bo‘lishi kutilmoqda. Yana bir yangilik sifatida Stories uchun “Yaqin do‘stlar”dan tashqari cheklanmagan ro‘yxat tuzish imkoniyati ham taklif etilishi mumkin.

Shuningdek, Stories'larni odatiy 24 soat emas, balki 48 soat davomida saqlash imkoniyati ham ko‘zda tutilmoqda. Haftada bir marta esa kontentning qamrovini oshirishga xizmat qiluvchi “Highlighting” funksiyasi ham joriy etilishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Instagram Plus hozircha Meksika, Yaponiya va Filippinda sinovdan o‘tkazilmoqda. Narxi esa hududga qarab o‘zgarib, taxminan 1–2 dollar atrofida ekani aytilmoqda.

Hozircha ushbu xizmat qachon global tarzda ishga tushirilishi va barcha davlatlarda joriy etilishi aniq emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Instagram Plus sinovda: yangi pullik funksiyalar paydo bo‘lmoqda