
Taniqli AnTuTu benchmarki mutaxassislari iyul oyida benchmarkda sinovdan o‘tkazilgan eng kuchli platformaga ega smartfonlarning yangi reytingini e’lon qildi. Aytish joizki, reytingga kiritilgan 10 ta "aqlli telefon"dan 7 tasi Qualcomm Snapdragon 835 prosessorida ishlaydi.
Yuqorida ko‘rib turganingizdek, OnePlus 5 flagmani 181614 ball bilan 1-o‘rinda turibdi. Undan keyinda Nubia Z17 smartfoni 179081 ochko bilan 2-o‘rinni egallagan. Kuchli uchlikni imtihonda 175987 ball olgan HTC U11 yakunlab bergan.
Nihoyat, keyingi o‘rin jahonning eng yaxshi sotilayotgan android smartfoni bo‘lgan Samsung Galaxy S8+ (171101) smartfoniga nasib qilgan. "5"likda Xiaomi Mi6 (170009) flagmanini ko‘rish mumkin.
Undan keyingi o‘rinlarni: iPhone 7 Plus (166232), Xperia XZ Premium (165631), Galaxy S8 (160313) band qilgan.
Platforma samaradorligi bo‘yicha kuchli "10"talikni Snapdragon 821 chipiga ega OnePlus 3T (158042) hamda 156702 ball olgan iPhone 7 yakunlagan.
Manba: Terabayt.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar