16:00 / 05.01.2018
5 322

"Rubikning kubigi". Amerika olimlari xakerlar hujumiga bardoshli, "superhimoyalangan" kompyuterni yaratmoqchi

"Рубикнинг кубиги". Америка олимлари хакерлар ҳужумига бардошли, "суперҳимояланган" компьютерни яратмоқчи
Michigan universitetining bir guruh olimlari muhim ma’lumotlarning o‘rnini muntazam ravishda o‘zgartirib turuvchi va shu orqali xakerlar hujumiga bardoshli «Morpheus» kompyuterini yaratadi, deb xabar berdi Xabar.uz.

Michigan universiteti (AQSh) Mudofaa tadqiqot loyihalari agentligidan (DARPA) superhimoyalangan kompyuterni yaratish uchun 3,6 million dollar grant oldi.

Universitetning informatika va muhandislik bo‘yicha professori Todd Ostin ushbu loyihaga rahbarlik qiladi va aynan u hozirda keng tarqalgan kiberxavfsizlikka o‘zgacha yondoshish taklifini bildirgan.

«Biz yechib bo‘lmas boshqotirmani yaratmoqchimiz. Bu xuddi Rubikning kubigiga o‘xshaydi va har safar kiprik qoqqaningizda u o‘zgaradi», — deydi Ostin. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Morpheus» muntazam ravishda muhim ma’lumotlarning joyini o‘zgartirib turadi, shu sababli xakerlarda muvaffaqiyatli hujumni amalga oshirish uchun yetarlicha vaqt bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » "Rubikning kubigi". Amerika olimlari xakerlar hujumiga bardoshli, "superhimoyalangan" kompyuterni yaratmoqchi