Istalgan bir ilovaning ijobiy tomonlari, imkoniyatlari haqida internetdan ko‘plab ma’lumotlar topsa bo‘ladi. Jumladan saytimizda Telegram messenjeri xususida bir qator maqolalar, xabarlar va yo‘riqnomalar e’lon qilingan.
Bugun esa aksincha – ushbu ommabop messenjerning kamchiliklari, aniqrog‘i – unga yetishmayotgan 10 ta funksiya haqida ma’lumot bermoqchimiz. To‘g‘ri, ideal ilova bo‘lish uchun Telegram’ga bundan boshqa yangiliklarni ham qo‘shish kerakdir, ammo mana shu o‘ntasi – fikrimizcha, ayni kunda eng muhimlaridandir.
1. Ushbu messenjerda yozishmalarni saqlab qo‘yish va zaxira nusxasini yaratish funksiyasi yo‘q. Unda o‘zaro almashilgan barcha xabarlar faqatgina Telegram serverlarida (maxfiy chatlardan tashqari) hamda foydalanuvchilarning qurilmalaridagina saqlanadi. Shuningdek, skrinshot qilib, rasm tarzida saqlab olish imkoni mavjud.
2. Telegram’da foydalanuvchi o‘zining “Onlayn” maqomini yashira olmaydi. To‘g‘ri, butkul “ko‘rinmas” bo‘lishning imkoni yo‘q, ammo messenjerga oxirgi bor kirgan vaqtingizni yashirsangiz bo‘ladi.
3. Telegram’da videoqo‘ng‘iroq qilish funksiyasi mavjud emas. Dasturchilar jamoasining ma’lum qilishicha, ular buning ustida ishlashmoqda, ammo boshqa ko‘plab messenjerlarda mavjud bo‘lgan shu funksiya hozircha bu ilovada yo‘q.
4. Agarda guruhli chatning ma’muri (administratori) bo‘lmasangiz, unga yangi suhbatdosh qo‘sha olmaysiz.
5. Mazkur ilovada guruhlar bo‘yicha ajratish imkoni yo‘q. Ya’ni, unda o‘z kontaktlaringizni, deylik, “ishxonadagilar”, “do‘stlarim” va “qarindoshlar” kabi guruhlay olmaysiz.
6. O‘chirib yuborilgan akkauntni qayta tiklashning iloji yo‘q. Agarda siz biror guruhning ma’muri bo‘lsangiz, lekin akkauntingizni o‘chirgan bo‘lsangiz, so‘ngra qaytadan o‘sha raqamingizda akkaunt ochsangiz ham, o‘sha ma’murlik huquqingizni qaytarib ololmaysiz. Qaytadan boshqa guruh ochishingizga to‘g‘ri keladi.
7. Agarda spam tarqatganlik uchun akkauntingiz vaqtinchalik blokirovkaga tushib qolgan bo‘lsa, bloklanish muddatini qisqartirishning iloji yo‘q.
8. Yaratilgan stiker-pak nomini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Shunday ekan, agarda o‘zingiz stikerlar to‘plami yaratishni niyat qilsangiz, uni qanday nomlash haqida boshidanoq jiddiy o‘ylab ko‘rganingiz ma’qul.
9. Telegram’da guruhli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish funksiyasi mavjud emas.
10. Agarda o‘z akkauntingizga yuzerneym (nik) belgilab qo‘ygan bo‘lsangiz, uni qidiruvdan yashirib bo‘lmaydi. “Foydalanuvchi ismi” (“Imya polzovatelya”) bandi orqali o‘z akkauntingizga nik olgach, shu yuzerneym bo‘yicha sizni topish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...