date

"Barselona"da ter Shtegen atrofida yozda katta savollar paydo bo‘ldi

"Barselona"da ter Shtegen atrofida yozda katta savollar paydo bo‘ldi

Kataloniyaning yetakchi klubi "Barselona" o‘zining rasmiy sayti orqali muhim bayonot tarqatdi. Bu safar klubning asosiy e’tibori nemis darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bilan bog‘liq vaziyatga qaratildi. Ma’lum qilinishicha, mavsumoldi tayyorgarlik boshlanishida futbolchi bel sohasida kuchli og‘riq sezgan va bu uning holatiga jiddiy ta’sir qilgan.

Klub bayonotida qayd etilishicha, 33 yoshli ter Shtegen Fransiyaning Bordo shahrida muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Ammo futbolchining to‘liq tiklanishi uchun aniq vaqt belgilanmagan – bu to‘g‘ridan to‘g‘ri reabilitatsiya jarayoni qanday kechishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga, jarrohlik amaliyotidan oldin ter Shtegen o‘zining to‘liq tiklanishi taxminan uch oy davom etishini aytgan edi.

Bu orada yozgi transferlar oynasida Mark-Andre ter Shtegenning "Barselona"dan ketishi mumkinligi haqida turli mish-mishlar tarqaldi. Xans-Diter Flik esa darvozabonni asosiy tarkibda ko‘rmayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Klub ichidagi raqobat va kelajak rejalar aynan qay tarzda hal bo‘lishi hozircha noaniqligicha qolmoqda.

Muxlislar esa, ter Shtegenning tiklanish jarayoni va uning "Barselona"dagi kelajagi qanday bo‘lishini katta qiziqish bilan kutmoqda. Darvozabonning holati va klubdagi raqobat borasida yaqin vaqtda aniqlik kiritilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona"da ter Shtegen atrofida yozda katta savollar paydo bo‘ldi