date

Eronda suv inqirozi chuqurlashmoqda: hukumat noan’anaviy choralar izlamoqda

Eronda suv inqirozi chuqurlashmoqda: hukumat noan’anaviy choralar izlamoqda

Eron hududida suv tanqisligi muammosi keskin tus oldi — ko‘plab daryolar va suv omborlari qurib qolgan, suv omborlarining 80 foizi deyarli bo‘sh bo‘lib qoldi, deb yozadi Bild nashri. Mamlakatdagi ekologik vaziyat insonparvarlik falokati rivojlanishi xavfini yaratib, hukumatni favqulodda choralar izlashga majbur qilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron va yana 50 ta yirik shaharda suv ta’minotiga cheklovlar joriy qilingan. Ayrim manzillarda suv ta’minoti 48 soatgacha uzilib qolgan holatlar kuzatilmoqda. Bu aholi o‘rtasida jiddiy norozilikka sabab bo‘ldi va ko‘pchilik shimolga, Kaspiy dengizi hududiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Prezident Masud Pezeshkian esa ilk bor poytaxtni ko‘chirish ehtimolini ochiq gapirib, "Tehronda haqiqatan ham suv yo‘q", deya ta’kidladi.

Hukumat ushbu inqirozga qarshi noan’anaviy yo‘llarni muhokama qilmoqda: ish haftasini qisqartirish, masofaviy ish rejimiga o‘tish va hatto Tehronni vaqtincha yopish (maktablar, universitetlar va muassasalar faoliyatini to‘xtatish) kabi choralar ko‘rib chiqilmoqda. Vazirlar mahkamasi matbuot kotibi bu holatni “milliy muammo” sifatida baholadi va insonparvarlik falokatiga aylanib qolish xavfini ta’kidladi.

Mutaxassislar ta’kidlamoqdaki, inqirozning asosiy sabablari — yillar davomida davom etgan qurg‘oqchilik va suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish, ayniqsa, Islom Respublikasi rahbariyati tomonidan qurolli guruhlarni moliyalashtirishga ustuvor ahamiyat berish evaziga ekologik masalalarni hal qilishga yetarlicha e’tibor berilmagani bilan bog‘liq.

Ekologlar va jamoatchilik esa, mamlakatdagi suv inqirozining kelajagi va uni bartaraf etish uchun qanday aniq choralar ko‘rilishi borasida katta xavotir bilan kuzatmoqda. Eron uchun ushbu muammo yanada chuqurlashishi va aholi hayotiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda suv inqirozi chuqurlashmoqda: hukumat noan’anaviy choralar izlamoqda