
Apple kompaniyasi 2026 yil bahorida yangi iPhone 17e smartfonini taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda Janubiy Koreyaning “The Elec” nashri insayderlarga tayanib xabar berdi. Aytishlaricha, yangi smartfon Apple'ning asosiy “ye” seriyasi sifatida har yili yangilanib borishi rejalashtirilgan. Bu esa avvalgi tartibsiz yangilanib kelgan iPhone SE modellaridan farqlidir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 17e iPhone 17 seriyasiga kiritiladi va avvalgi iPhone 16e hamda iPhone 14 modellarida qo‘llanilgan OLED displey asosida yaratiladi. Ya’ni Apple budjet modellarini ham sifatli ekran texnologiyasi bilan ta’minlashni davom ettirmoqda.
The Elec'ning yozishicha: “Apple 2026 yil bahorida OLED ekranli, boshlang‘ich darajadagi iPhone 17e smartfonini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Panel iPhone 16e uchun mo‘ljallangan OLED'dan qayta foydalaniladi.”
Ayni paytda, 120 Gs yangilanish chastotasi masalasi aniq emas. Lekin ayrim manbalarga ko‘ra, iPhone 17 — Apple'ning asosiy modellar orasida 120 Gs displeyga ega bo‘ladigan ilk qurilmaga aylanishi mumkin.
iPhone 17 seriyasining asosiy, Pro va Air versiyalari 2025 yil sentyabrida taqdim etilishi kutilmoqda, iPhone 17e esa 2026 yil bahorida chiqadi. Apple “ye” lineykasini har yili yangilash orqali budjet miqyosdagi smartfon bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashni ko‘zlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar