date

Tesla va Samsung AI-chiplari uchun $16,5 mlrdlik kelishuv tuzdi

Tesla va Samsung AI-chiplari uchun $16,5 mlrdlik kelishuv tuzdi

Tesla kompaniyasi sun’iy intellekt (AI) chiplari ishlab chiqarish bo‘yicha Samsung bilan 16,5 milliard dollar (taxminan 208 trillion so‘m) qiymatidagi yirik kelishuvga erishdi, deb TechCrunch.com xabar berdi.

Ushbu kelishuv orqali Samsung Tesla’ning autopilot va neyrokompyuter texnologiyalari uchun yuqori samarali chiplardan tayyorlaydi.

Chiplari 4 nanometrli texnologik jarayon asosida Samsung Foundry’da ishlab chiqariladi va Tesla’ning yangi avlod transport vositalari hamda robotlarida qo‘llaniladi.

Kelishuv Tesla’ning o‘z AI infratuzilmasini mustaqil va barqaror rivojlantirish rejasini tezlashtiradi.

Samsung uchun esa bu shartnoma kompaniyaning AQSh avtomobil sanoatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Ikkala tomon ham bu kelishuvni strategik hamkorlik deb baholagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tesla va Samsung AI-chiplari uchun $16,5 mlrdlik kelishuv tuzdi