date

Inyaki Uilyams ukasining tanloviga bosim va asossiz shov-shuvlar haqida ochiq gapirdi

Inyaki Uilyams ukasining tanloviga bosim va asossiz shov-shuvlar haqida ochiq gapirdi

Ispaniyaning mashhur "Atletik" klubi hujumchisi Inyaki Uilyams yaqinda ukasi Niko Uilyams atrofida paydo bo‘lgan mish-mishlar, bosim va yolg‘on xabarlar haqida o‘z munosabatini bildirdi. Uning aytishicha, "Barselona" bilan bog‘liq yozgi voqealar va tashqi shov-shuvlar ukasi uchun oson kechmagan.

Inyaki ta’kidladi: "Futbol olamida axborot oqimi orqali muxlislarga turli ta’sirlar ko‘rsatilishi odatiy hol. Ular bosim orqali natija olamiz, deb o‘ylashdi. Ammo biz “Atletik”da qaror qabul qilishga kelganda, hamma narsaga osoyishtalik va xulosa bilan yondoshamiz. Aynan shu paytda tarqalgan ko‘plab ma’lumotlar asossiz va yolg‘on edi. Bu mish-mishlar, afsuski, ko‘p narsani buzdi."

Forvardning so‘zlariga ko‘ra, Niko Uilyams qaroriga deyarli kelib bo‘lgan, ammo 2035 yilgacha tuziladigan shartnoma bir kechada yoki tasodifan e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan masala emas. Bundan tashqari, Niko ikki bor vandalizmga uchragani – birinchisi, uning surati tushirilgan devordagi graffiti buzilgan, ikkinchisi esa mashinasining oynasi sindirilgan. "Ko‘pchilik bu holatlardan bexabar, faqat uyda tinch o‘tirib: 'Nega bunday qilding?' deb gapirish oson. Ukamning ruhiy va jismoniy aziyat chekayotganini ko‘rish men uchun og‘ir bo‘ldi," – deydi Inyaki Uilyams.

Muxlislar esa, yozda yuzaga kelgan shov-shuvlar va Niko Uilyamsning qolish yoki ketish qarori ortidan jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘lishini katta qiziqish bilan kutmoqda. "Atletik" esa yangi mavsumda barqarorlik va kuchli jamoa ruhini saqlab qolishni maqsad qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Inyaki Uilyams ukasining tanloviga bosim va asossiz shov-shuvlar haqida ochiq gapirdi