date

Goo.gl xizmati 25 avgustdan butunlay to‘xtaydi

Goo.gl xizmati 25 avgustdan butunlay to‘xtaydi

Google 25 avgustdan boshlab goo.gl qisqartirilgan havolalar xizmatiga rasmiy yakun yasaydi, deb rozetked.me xabar berdi.

Ushbu servis dastlab 2009 yilda ishga tushirilgan va yillar davomida Google’ning asosiy havola qisqartirish platformasi bo‘lib xizmat qilgan.

Kompaniya 2018 yilda yangi havolalar yaratishni to‘xtatgan bo‘lsa-da, avvalgi havolalarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirib kelayotgan edi.

Endi esa bu xizmat butunlay tugatiladi. goo.gl orqali yaratilgan qisqa havolalar faoliyatini to‘xtatadi.

Google foydalanuvchilarga Firebase Dynamic Links (FDL) yoki boshqa havola qisqartiruvchi servislarni ishlatishni tavsiya qilmoqda.

Kompaniya bu o‘zgarishni xavfsizlik va zamonaviy texnologik talablar asosida amalga oshirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Goo.gl xizmati 25 avgustdan butunlay to‘xtaydi