
Telegram messenjeri tarixida ilk bor rasmiy “Faktlar tekshirildi” belgisi paydo bo‘ldi, deb Kursiv Media xabar berdi. Buni “Kod Durova” tahririyati birinchi bo‘lib qayd etdi.
Bu belgi We TON kanalidagi xabarning tagida paydo bo‘lgan — u yerda Telegram go‘yoki Rossiyadan chiqib ketayotgani haqida soxta xabar joylashtirilgan. Manba sifatida satirik nashr “Panorama” keltirilgan.
Telegram tomonidan ushbu xabar ostiga maxsus tushuntiruvchi blok qo‘shilgan: unda Pavel Durov bunday bayonot bermagani ta’kidlangan. Ushbu izoh kanal tomonidan emas, aynan Telegram'ning o‘zi tomonidan qo‘shilgan.
Shu tariqa, ilgari e’lon qilingan, ammo ilk bor real qo‘llanilgan faktcheking funksiyasi Telegram’da ishga tushdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar