19:41 / 05.05.2018
4 160

Twitter foydalanuvchilardan o‘z parollarini o‘zgartirishni so‘radi

Twitter foydalanuvchilardan o‘z parollarini o‘zgartirishni so‘radi
Twitter ijtimoiy tarmog‘i o‘zining 330 milliondan ortiq foydalanuvchisiga akkauntlarining parollarini o‘zgartirishni tavsiya qildi. Shunday ogohlantirishlar foydalanuvchilarga yuborilgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Twitter loginlar va parollarni odatdagicha himoyalaydi — servis foydalanuvchining ma’lumotlarini shifrlangan holda saqlaydi. Tizimdagi xatolik sababli akkauntlarning bir qismi himoyasiz qolgan.

«Biz bu xatoni sezib qoldik va bunday xato boshqa ro‘y bermasligi ustida ishlamoqdamiz», — deyilgan kompaniya bayonotida.

Shu bilan birgalikda aynan qancha akkaunt himoyasiz qolgani ma’lum qilinmagan. Reuters o‘z manbasiga asoslanib yozishicha, parollar bir necha oy mobaynida himoyasiz bo‘lib kelgan.

Twitter jamoasi foydalanuvchilarga Twitter, TweetDeck, Tweeten hamda Twitterrific xizmatlaridagi parollarni o‘zgartirishni tavsiya qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Twitter foydalanuvchilardan o‘z parollarini o‘zgartirishni so‘radi