Endi Uzcard karta egalarida o‘z plastik kartalarining hisobini pul mablag‘i bilan to‘ldirish uchun unga xizmat ko‘rsatayotgan bankka borish ehtiyoji qolmadi. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markaziga tayanib “Xalq so‘zi“ nashri xabar bermoqda.
Tashkilot ayni vaqtda cash-in funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi yangi bankomatlarni taqdim etgan bo‘lib, NCR SelfServ 6632 rusumidagi yangi bankomatlar orqali Uzcard kartani mustaqil ravishda naqd pul mablag‘i bilan to‘ldirish imkoni yaratilgan.
Bunga qadar bankomatlar cash-out funksiyasi orqali faqat naqd pulni yechib olishi mumkin edi. Endilikda mazkur bankomatlarga naqd pul tashlash orqali plastik karta hisobini to‘ldirish mumkin bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda bunday funksiyadagi Agrobank, Xalq banki, Ravnaq-bank, KDB, Hi-Tech bank bankomatlari xizmat ko‘rsatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Nazarboyevning kuyovi Londondagi qasrini 43,4 mln dollarga sotdi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin