2 251
Neyron faolligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga aylantirish imkonini beradigan sun’iy ong yaratildi
Foto: Google Photos
Kaliforniya universiteti olimlari miyadagi neyron signallarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga aylantirish imkonini beradigan sun’iy intellekt tizimini yaratdi. Bu haqidagi tegishli ilmiy maqola 30 mart kuni Nature jurnalida e’lon qilindi.
Tasavvur qiling, miyangizda hosil bo‘lgan fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri matn ko‘rinishida biror matn muharririda, masalan, SMS yoki messenjeringizning matn kiritadigan joyida paydo bo‘lsa. Bu tez orada imkonli bo‘ladigan gapga o‘xshab turibdi.
Ma’lum qilinishicha, olimlar to‘rt nafar ko‘ngillining miyasiga maxsus elektrod implantlar joylashtirgan va ularga qog‘ozga yozib qo‘yilgan 50 xil gaplardan bir nechtasini ko‘p marta qayta-qayta takrorlab, ovoz chiqarib o‘qishni taklif qilgan. Ko‘ngillilar gaplarni o‘qiyotgan paytda olimlar ularning miyasidagi neyronlar faolligini kuzatib turgan.
Neyron signallaridan olingan axborot maxsus mashinaviy ta’lim algoritmiga kelib tushgan va u orqali sun’iy intellekt tizimi har bir ovoz chiqarib o‘qilgan matnga mos neyron faolligini muayyan raqamli kodlangan tarzda o‘zi uchun qayd qilib borgan.
Tizim hammasini to‘g‘ri bajarayotganini tekshirib ko‘rish uchun u qayd etgan neyron faolligiga oid raqamli ma’lumotlar bilan aynan shu matnning ovoz ko‘rinishida yozib olingani, ya’ni tovush faylining raqamli tahlili taqqoslanadi. Ushbu ikkala soha o‘zaro mos kelsa, tizim boyagi neyron faolligi signallarini matnga o‘girishni boshlaydi.
Olimlarning aytishicha, tizim dastlabki tajribalarda umuman ma’nosiz so‘zlarni yozib chiqardi. U ishtirokchilar o‘qigan matnga mutlaqo mos kelmaydigan «aqay-baqaylarni» bera boshladi. Lekin ishtirokchilarga bir matnni bir necha qayta-qayta takroran o‘qitishning boisi ham shu chalkashlikni tobora bartaraf etish edi.
Aytilishicha, sun’iy intellekt tizimi borgan sari so‘zlar zanjirining qanday o‘zaro bog‘langani va qaysi so‘z qaysinisidan keyin yoki avval kelishi qonuniyatlarini o‘zi uchun aniqlay boshladi. Vaqt o‘tishi bilan esa neyron signallardan o‘qib olingan matn tobora asl matn bilan katta aniqlik kasb etib, deyarli bir xil natija beradigan bo‘ldi.
Keyin esa olimlar avvaldan tayyorlangan so‘zlarni emas, balki ko‘ngillilarning o‘zi o‘ylayotgan narsasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga aylantirishga kirishdi. Bunda ham tizim ko‘plab xatolarni berish bilan ish boshladi.
Vaqt o‘tishi bilan esa tizimga qancha ko‘p yangi ma’lumotlar kelib tushib, yirik baza shakllana boshlagach, uning xatolik ko‘rsatkichi atigi 3 foizgacha pasaydi. Bu katta hajmdagi nutqni matnga aylantirish bilan shug‘ullanadigan professional transkrpsiyachilarga xos bo‘lgan o‘rtacha 5 foiz xato ko‘rsatkichidan yaxshiroq demakdir.
Lekin olimlarning tan olishicha, tizim o‘zi o‘qitilgan (bazasida mavjud) neyron signallariga asoslanib so‘zlarni payqaydi va matn tuzadi, xolos. Masalan, u hozir o‘sha o‘rgatilgan 50 xil gapdan kelib chiqib neyron signallarini matnga o‘giryapti.
Tadqiqot hammualiflaridan biri doktor Jozef Makinning fikricha, sun’iy intellektga asoslangan bu tizim vaqt o‘tishi bilan til qonuniyatlaridan kelib chiqib miyadagi neyron faolligini identifikatsiyalashga o‘rganib boradi. Uning fikricha, bu tadqiqotlar mazkur yo‘nalishda eng dastlabki qadamlar bo‘lib, hali aniq natijalar haqida gap ochishga juda erta.
«Biz hali endi yo‘lning boshlanishida turibmiz», — deydi Makin. U fikrini nutq orqali ifodalay olmaydigan kasalliklarga ega shaxslar uchun, xususan, loked-in sindromiga chalingan bemorlar uchun ushbu tizim vaqti kelib yaxshi dastyor bo‘lishiga umid bildirdi. Shuningdek, buni hali to‘laqonli nutq-matn sintezatori deyishga ham shoshilmaslik kerakligini ham ta’kidladi.
Tadqiqotlarda qatnashmagan, lekin ushbu sohaning ko‘zga ko‘ringan mutaxassislaridan biri bo‘lgan olim Maastrixt universiteti mutaxassisi Kristian Xerff esa mazkur ilmiy ishga yuqori baho berar ekan, «Albatta, bu odamlar ‘Ok Google’ deyish orqali ham o‘z nutqini matnga ko‘chirishi mumkin, lekin tadqiqotda tovushni emas, aynan miyadagi fikrni matnga ko‘chirish haqida gap bormoqda», deb fikr bildirdi.
Bu, birinchi navbatda, muayyan kasalliklarda bemorlarga fikrini ifodalashga imkoniyat yaratishni ko‘zda tutadigan amaliy tadqiqotdir. Gap o‘zgalarning fikrini o‘qish haqida borayotgani yo‘q.
Doktor Xerffning alohida aytishicha, ushbu ilmiy ishdagi amaliy bosqich uchun odam miyasiga maxsus implantant elektrodlar joylash kerak bo‘ladi. Ularsiz sun’iy intellekt ma’lumotlar yig‘a olmaydi. Qolaversa, implantlar miyaning faqat nutqqa javobgar sohasidagi neyron faolligini qayd qiladi. Xerff insonning ichki ovozi va nutq boshqa-boshqa narsalar ekaniga urg‘u berish bilan fikrini yakunladi.
Muzaffar Qosimov tayyorladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari