04:00 / 01.05.2020
3 208

Zoom xakerlar “quroli”mi? Bunga Xitoyning nima daxli bor?

Zoom xakerlar “quroli”mi? Bunga Xitoyning nima daxli bor?
Koronavirus pandemiyasi boshlangandan keyin dunyoning qariyb barcha davlatlarida birin-ketin karantin, izolyatsiya rejimi joriy etila boshlandi. Siyosat, iqtisodiyot, ta’lim, madaniyat, xullas, barcha sohalar masofadan ishlashga, onlayn muloqot platformasiga jadal o‘ta boshladi.

Xususan, davlat ishlari, biznes loyihalar, dars o‘tishlarda videokonferensiya aloqa tizimi keng quloch yozdi. Shunday paytda osmondan tarasha tushgandek paydo bo‘lgan Zoom ilovasi eng qulay vositaga aylandi-qoldi.

Ayniqsa, hukumatlar darajasidagi masalalarda mazkur dastur potensialini qo‘llash keng avj oldi. Chunki birgina shu bilan Osiyodan tortib Yevropanacha, Avstraliyadan to Amerikagacha bo‘lgan bepoyon sarhadlarda G2G, G2B, B2B muhiti yaratildi, tasvir orqali joni muloqotning bor salohiyati, tashkiliy-texnologik qirralari qamrab olindi. Sodda aytganda, qo‘l berib, kalla qo‘yib ko‘rishish imkoniyat yo‘qligini inobatga olmaganda Zoom majlis, yig‘ilish, selektor, anjuman, seminar, konsultatsiya, xullas, barcha interaktiv formatlar uchun eng maqbul vositaga aylandi. Pirovardida u O‘zbekistonga ham kirib keldi va jadal ommalashdi.

Ammo Zoom degan innovatsion platformaga bor-budimizni ishonib topshirishmiz mumkinmi? U orqali yaratilgan onlayn muhitda davlat ahamiyatiga molik mahfiy ma’lumotlarni muhokama qilsa bo‘ladimi? Xalqlar, bizneslar, taqdirlarga daxldor olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz raqamli summalari bor hisob raqamlari, bank sirlarini bemalol aytib yubora olish masalasi-chi?

Boshqacha aytganda, bugungi inqiroz paytida Zoom degan virtual vositachiga o‘zimizga ishongandek ishonishimiz kerakmi? (Aslida vositachilarga bugungi zamondi ishonish juda qiyin).

Bunday savollar va shubhalar paydo bo‘lishi bejiz emasdir balki. Chunki AQSH razvedkasi yaqinda Zoom xakerlar qarshisida ojiz ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi ABC News.

Qayd etilishicha, xakerlar Zoom’ning yangi zaifligini topishi yoki mavjudlaridan foydalanish ehtimoli katta. Ular shu orqali dastur foydalanuvchilari — davlat mansabdorlari, biznesmenlar, siyosatchilar, ekspertlar, banklarga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirib, ulardan kompromat sifatida foydalanishlari mumkin.

Zoom’ning birdaniga ommalashib ketishi va uni ham davlat, ham xususiy sektorda ishlatilishi hujum uchun zaif muhit yaratadi. Shu bois Zoom’dan foydalanayotgan yoki shuni maqsad qilgan istalgan tashkilot ehtimoli bor xatarlarni baholashi shart”, — deyiladi AQSH ichki xavfsizlik vazirligi hisobotida.

Bu boradagi yana bir xavf shundaki, ilova va uning yangilanib boradigan keyingi versiyalari Xitoyda ishlab chiqilyapti.

Pekinga Zoom serveridan foydalanish imkoniyati berilgan. Bu esa unga AQSH davlat va xususiy sektori bilan “ish olib borish”dek noyob imkoniyatni taqdim etadi. Boshqa davlatlar ham Zoom’ning ojiz jihatlarini o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida ishlatishadi”, - deyiladi ma’ruzada.

Zoom esa ABC News manbasiga Amerika razvedkasining ushbu xulosalariga qo‘shilmasligini ma’lum qildi. Va maxfiy xizmat ma’lumotini “Zoom faoliyati haqida o‘ta ketgan noaniqlikdan iborat dezinformatsiya” deb atadi.

Manba: platforma.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Zoom xakerlar “quroli”mi? Bunga Xitoyning nima daxli bor?