date

8 nafar yosh bokschimiz Bahrayn finalida chempionlik uchun ringga chiqadi

8 nafar yosh bokschimiz Bahrayn finalida chempionlik uchun ringga chiqadi

Bahrayn poytaxti Manama shahrida bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida qizg‘in palla boshlandi. Bugun boks sporti bo‘yicha final bosqich janglari o‘tkaziladi — unda O‘zbekiston delegatsiyasidan 8 nafar yosh charmqo‘lqop ustalari chempionlik uchun ringga chiqadi. Bu haqda mamlakat boks federatsiyasi ma’lum qildi.

Final bosqichiga chiqqan sportchilarimiz orasida qiziqarli va keskin to‘qnashuvlar kutilmoqda:

-46 kg vazn toifasida Abdug‘ani Yorqinjonov Qozog‘iston vakili Arman Mirsabit bilan to‘qnashadi.

-54 kgda Qumriniso Muhammadova Hindiston bokschisi Chandrika Pujariga qarshi ringga chiqadi.

-60 kgda Rushanabonu Isoyeva yaponiyalik raqibi Miki Miura bilan kuch sinashadi.

-60 kgdagi o‘g‘il bolalar bahsida Ibrohim Shokirjonov qirg‘izistonlik Zubair Akramovga qarshi turadi.

-66 kgda Sayidxo‘ja Sadillaxo‘jayev qo‘shni Qozog‘istonning Daniyal Shalkarbayiga qarshi jang qiladi.

-75 kg vazndagi qizlar bahsida Samira Turg‘unova qozog‘istonlik Kamila Ospanova bilan chempionlik uchun bellashadi.

-75 kgdagi o‘g‘il bolalar toifasida Diyorbek Murodilloyev eronlik Deyman Sherafatmandga qarshi ringga chiqadi.

+80 kg vaznda esa Asadbek Sultonboyev Qozog‘iston vakili Muhamedali Rustembek bilan hal qiluvchi jang o‘tkazadi.

Federatsiya ma’lumoticha, janglar vaqti taqdirlash marosimiga qarab o‘zgarish mumkin. Birinchi dastur 14:00 da, ikkinchisi esa 17:00 da boshlanadi (Toshkent vaqti bilan).

Yosh bokschilarimiz uchun bu final janglari faqat medallar emas, balki kelajakda katta sport karerasi sari muhim qadam bo‘lishi kutilyapti. O‘zbekiston jamoasi uchun bu musobaqa nafaqat kuch sinovi, balki yangi avlod bokschilarining qobiliyatini namoyish etish imkoniyati hamdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 8 nafar yosh bokschimiz Bahrayn finalida chempionlik uchun ringga chiqadi