
Barselona jamoasi keyingi mavsum Robert Levandovskiga o'rinbosar izlamoqda. So'nggi paytlarda "ko'k-anorranglilar" ro'yxatida asosiy nomzodlar sifatida Madridning Atletiko klubidan Xulian Alvares va Turinning Yuventus klubidan Dushan Vlahovich ko'rsatilgan edi.
E-Notícies nashrining xabar berishicha, Kataloniya klubi argentinalik futbolchidan voz kechib, serbiyalik hujumchini sotib olishga e'tibor qaratishga qaror qilgan. Bunga asosiy sabab – narx: Alvaresning transferi kamida 100 million yevroga tushishi kutilmoqda, Vlahovich esa, katta ehtimol bilan, erkin agent sifatida qo'lga kiritilishi mumkin.
Robert Levandovskining shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Hozirgi mavsumda 37 yoshli polyak futbolchi jarohatlar sababli tez-tez safdan chiqib qolmoqda.
Barselona Levandovski o'rniga Vlahovichni tanladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar