
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida sodir bo‘lgan gaz portlashi ikki nafar inson — er-xotin hayotiga zomin bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fojea Sug‘unboy qishlog‘idagi xonadonda erta tongda ro‘y bergan. Hodisa natijasida 2004 yilda tug‘ilgan R.S.E. va uning turmush o‘rtog‘i, 2006 yilda tug‘ilgan R.Yu.S. halok bo‘lgan.
Hozirda voqea yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning aniq sabablari o‘rganilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar