
Londonning "Arsenal" va Turinning "Yuventus" klublarining sobiq yarim himoyachisi Aaron Remzi yoʻqolgan iti uchun topuvchiga 20 ming dollar mukofot va'da qildi. Bu haqda futbolchi oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.
Remzining sevimli itining yoʻqolgani haqida taxminan ikki hafta oldin xabar berilgan edi. Ushbu yoʻqotish futbolchiga katta ta’sir qilgani sababli, u oʻynayotgan Meksikaning "Pumas" klubi unga toʻrt oʻyinni oʻtkazib yuborishga ruxsat berdi.
Eslatib oʻtamiz, 34 yoshli markaziy yarim himoyachi Aaron Remzi 2025 yil yozida "Pumas" klubiga oʻtgan edi. Bungacha u "Arsenal" tarbiyalanuvchisi sifatida faoliyatini boshlagan va "Yuventus", "Reynjers", "Kardiff Siti" hamda "Nitssa" kabi jamoalarda oʻynagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar