
O'tgan dam olish kunlari "Barselona" "Real"ga qarshi safarda 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. "El-Klasiko"ning so'nggi daqiqalarida "ko'k-anor ranglilar" yarim himoyachisi Pedri ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.
Bu holat sababli 22 yoshli futbolchi La Liga doirasidagi keyingi o'yinni diskvalifikatsiya tufayli o'tkazib yuboradi. Bundan tashqari, ARA nashrining xabar berishicha, Pedri mushak jarohati olgan va shu sababli chorshanba kuni tiklanish dasturi asosida sport zalida shug'ullangan.
Yarim himoyachining "Elche"ga qarshi o'yindan tashqari, Chempionlar ligasidagi "Bryugge" va La Ligadagi "Selta"ga qarshi uchrashuvlarni ham o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar