12:31 / 07.08.2020
2 745

Firibgarlarning «sevimli» parollari ma’lum qilindi

Firibgarlarning «sevimli» parollari ma’lum qilindi
Foto: Fotolia.com / Maksim Kabakou
Terish uchun eng oson parollar — onlayn-firibgarlarning «eng sevimli» parollari. Bu haqda «Praym» yozmoqda.
«Intellektualniy Rezerv» kompaniyasi hamkori va direktori Pavel Myasoyedovning ta’kidlashicha, tug‘ilgan kun sanasi, ism, telefon raqami va hokazo shunga o‘xshash yuzaki ma’lumotlardan parol sifatida foydalanish yaramaydi. U ishonchli, himoyasi puxta parol yaratishda parollar generatoridan foydalanishni maslahat berdi.

Bundan tashqari, har bir servis uchun alohida paroldan foydalangan ma’qul, ta’kidlaydi ekspert. Ayniqsa, asosiy pochta paroli juda puxta himoyalangan bo‘lishi shart, aks holda, uni buzib kirgan xakerlar uchun siz foydalanayotgan boshqa servislarga ham yo‘l ochiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Firibgarlarning «sevimli» parollari ma’lum qilindi