Telegram’da tarjima xizmati vaqtincha ishlamayapti

Telegram’da tarjima xizmati vaqtincha ishlamayapti
Qisqacha

Telegram messenjerida xabarlarni tarjima qilish funksiyasi vaqtincha ishlamayapti. Avtomatik tarjima va menyu orqali yoqiladigan tarjima opsiyasidan foydalanishda “Tarjima vaqtincha mavjud emas” degan ogohlantirish chiqmoqda. Muammo turli davlatlardagi foydalanuvchilarda kuzatilgan, xizmatning ishlamay qolish sabablari va qachon tiklanishi hozircha noma'lum. Telegram vakillari bu borada rasmiy izoh bermagan, muammo 26-iyun kuni kechqurun ilk bor qayd etilgan.

Telegram messenjerida xabarlarni tarjima qilish funksiyasi vaqtincha ishlamayapti, deb Kursiv.uz xabar berdi.

Ayni paytda avtomatik tarjima ham, menyu orqali foydalaniladigan tarjima opsiyasi ham ishlamayapti. Ulardan foydalanishga urinishda “Tarjima vaqtincha mavjud emas” degan ogohlantirish chiqmoqda.

Muammo turli davlatlardagi foydalanuvchilarda kuzatilmoqda. Sabablari va xizmat qachon tiklanishi hozircha noma’lum. Telegram vakillari bu masala yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur muammo 26-iyun kuni kechqurun foydalanuvchilar tomonidan ilk bor qayd etilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar