date

Sun'iy intellekt har bir javobi uchun 50 mlgacha suv sarflaydi

Sun'iy intellekt har bir javobi uchun 50 mlgacha suv sarflaydi
So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga jadal kirib kelmoqda. Ammo bu texnologiyaning ortidagi infrastrukturani ko‘pchilik yaxshi tasavvur qilmaydi. Har safar biror sun’iy intellekt chatbotiga savol berganimizda, bu tizimga xizmat qilayotgan data markazlar (ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari) salmoqli miqdorda suv sarflaydi.

Xalqaro Energetika Agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShdagi o‘rtacha 100 megavattli data markazi kuniga 2 million litr suv iste’mol qiladi. Bu suv asosan serverlarni sovitish uchun ishlatiladi. Aynan shu jarayonni sovitish minoralari orqali bug‘lantirish yo‘li bilan amalga oshirishadi. Shuningdek, data markazlar ishlaydigan elektr energiyasi ko‘pincha o‘zi ham sovitishni talab qiladigan issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi, bu esa bilvosita suv sarfini yanada oshiradi.

"One analysis"ga ko‘ra har safar sun’iy intellektli chatbotdan savol so‘raganimizda, ma’lumot markazi suv “ichishga” majbur bo‘ladi. Aniq qilib aytganda, bitta ma’lumot markazi 10 dan 50 tagacha o‘rtacha uzunlikdagi GPT-3 javobini yaratish uchun taxminan 500 ml miqdorda suv sarflaydi. Bu har bir javob uchun 10 mldan 50 mlgacha suv sarflanishini anglatadi. Rasm yaratish matnga qaraganda ancha ko‘p suv talab qiladi, video esa rasmga qaraganda ham bir necha barobar ko‘proq suv sarflaydi.

Ma’lumot markazlarida serverlar haddan tashqari qizib ketmasligi uchun ularni sovutish kerak bo‘ladi. Sovutishning asosiy usullaridan biri — suvni bug‘lantiruvchi sovutish minoralaridir. Bundan tashqari, ma’lumot markazlari bilvosita yo‘l bilan, ya’ni elektr energiyasi iste’moli orqali ham suvdan foydalanadi. Chunki bu energiyani ishlab chiqaradigan elektr stansiyalari ham sovitish uchun katta miqdorda suv sarflaydi.

Ba’zi texnologiya kompaniyalari serverlarini sovutish uchun suv kamroq ishlatadigan texnologiyalarni joriy qilgan yoki taklif qilgan. Mutaxassislarga ko‘ra, sovutish tizimlari orasida ko‘pincha muvozanat mavjud: ko‘p suv ishlatadigan usullar energiyani kam iste’mol qiladi, suv kam ishlatadiganlar esa ko‘proq elektr talab qiladi. Bu murakkab muvozanat masalasi.

Ko‘plab kompaniyalar aynan suvni tejaydigan tizimlarga o‘tishni boshlagan, lekin bu hamma joyda ham iqtisodiy yoki texnik jihatdan qulay emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sun'iy intellekt har bir javobi uchun 50 mlgacha suv sarflaydi