date

O‘zbekiston o‘z sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirmoqchi: kosmik loyihaga start berilmoqda

O‘zbekiston o‘z sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirmoqchi: kosmik loyihaga start berilmoqda
O‘zbekistonda kosmik texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan yana bir muhim qadam tashlandi. Kazinform xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat kosmik agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibrohimov joriy yilda 7 nafar o‘zbekistonlik talaba Yaponiyaning mashhur Kyusyu texnologiya institutida magistraturada o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Bu talabalar sun’iy yo‘ldosh yaratish, uni yig‘ish va koinotga uchirish bo‘yicha eng ilg‘or bilimlarni o‘zlashtiradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yoshlar o‘qish davomida nafaqat nazariy, balki amaliy tajriba ham to‘plashadi — ya’ni ular mustaqil ravishda sun’iy yo‘ldosh loyihasi ustida ishlashadi. Kelajakda bu tajriba O‘zbekistonning o‘z sun’iy yo‘ldoshini yaratish va koinotga chiqarish yo‘lida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Muhiddin Ibrohimovning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon xalqaro hamkorlik va texnologik sheriklik asosida amalga oshiriladi. Kosmik agentlik rahbariyati Space X kompaniyasi bilan ham muzokaralar olib bormoqda. Bu kelishuvlar kelajakda O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshini 2028 yilgacha koinotga chiqarish imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirishdan oldin maxsus kompaniyalar bilan shartnoma tuzish, texnik tayyorgarlikni yakuniga yetkazish kabi bir qator amaliy ishlar kutilmoqda. Agentlik vakillari bu sohadagi barcha bosqichlar jiddiy o‘rganilayotganini va bu borada xalqaro tajribaga tayanilishi muhimligini alohida ta’kidlamoqda.

O‘zbekistonning ushbu qadami mamlakat uchun mutlaqo yangi fan va texnologiya yo‘nalishlariga yo‘l ochadi. Yaqin yillarda o‘zimizga xos sun’iy yo‘ldosh yaratish orqali mamlakat axborot, meteorologiya, kommunikatsiya va xavfsizlik sohalarida yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishi kutilmoqda. Shubhasiz, bu tashabbus fan va texnikaga qiziquvchi yoshlar uchun katta motivatsiya, mamlakat imidji uchun esa yangi texnologik marra bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston o‘z sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirmoqchi: kosmik loyihaga start berilmoqda