
Texnologiya olamida har bir qurilma uchun muayyan davrda yangilanish va qo‘llab-quvvatlash jarayoni belgilanadi. Yaqinda Xitoyning yetakchi brendlaridan biri bo‘lgan Xiaomi kompaniyasi o‘zining qator modellari uchun dasturiy ta’minot va xavfsizlik yangilanishlarini to‘xtatganini rasman ma’lum qildi.
Kompaniya e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, endi quyidagi 12 ta smartfon modeli yangilanmaydi:
- Redmi 10 5G
- Redmi 11 Prime 5G
- Redmi Note 11E 5G
- Redmi Note 11R
- Poco M4 5G
- Poco C40
- Redmi Note 11T Pro
- Redmi Note 11T Pro+
- Redmi K50i
- Poco X4 GT
- Redmi K40S
- Poco F4
Ushbu ro‘yxatdagi barcha qurilmalar uchun endilikda MIUI tizimi yangilanishlari, xavfsizlik yangilanishlari va Android versiyasiga oid har qanday qo‘llab-quvvatlashlar rasman tugatildi. Bu esa, foydalanuvchilar uchun yangi funksiyalar, tizim barqarorligini yaxshilaydigan yangilanishlar yoki xavfsizlik muammolariga qarshi choralar berilmasligini anglatadi.
Bunday qaror, odatda, smartfon modelining chiqarilganidan keyin o‘rtacha 2-3 yil o‘tgach qabul qilinadi. Bu muddat mobaynida ishlab chiqaruvchi qurilma uchun yetarli darajada dasturiy va texnik yordam ko‘rsatadi. Ammo mobil texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib borayotgani sabab, har bir model o‘z “ma’naviy yoshiga” yetadi va uning o‘rnini yangi, zamonaviyroq qurilmalar egallaydi.
Shu sababli, yuqorida qayd etilgan smartfon egalari uchun asosiy tavsiya — yaqin vaqtda yangi qurilmaga o‘tishni rejalashtirishdir. Zero, xavfsizlik yangilanishlarining yo‘qligi ma’lum muddatdan so‘ng shaxsiy ma’lumotlar va qurilma foydalanuvchi xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkin.
Albatta, bu smartfonlar hozirda ham ishlashi mumkin, lekin ularda mavjud bo‘lgan tizim xatarlarga qarshi himoyasiz bo‘lib qoladi. Ayniqsa, internetdan faol foydalaniladigan foydalanuvchilar uchun bu juda katta xatar sanaladi.
Xiaomi kompaniyasi har yili o‘nlab yangi modellarni taqdim etadi va bu jarayonda avvalgi qurilmalarning texnik qo‘llab-quvvatlanishiga cheklov qo‘yilishi tabiiy. Kompaniya, shuningdek, foydalanuvchilarga yangilanish siyosatini oldindan e’lon qilib, ularni xabardor qilib boradi.
Qisqasi, ushbu 12 ta model endi rasman “nafaqaga” chiqdi. Ularga aloqador foydalanuvchilar esa xavfsizlikni ta’minlash va yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun zamonaviy qurilmalarga o‘tishni o‘ylab ko‘rishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mobil texnologiyalar tez yangilanadi, ular bilan birga bizning qurilmalarimiz ham zamonga mos bo‘lishi kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar