date

Xiaomi arzon AI aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi

Xiaomi arzon AI aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi
Xiaomi kompaniyasi AI Glasses nomli yangi aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi, deb Rozetked xabar berdi. Yangi qurilma bozordagi eng arzon takliflardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Ko‘zoynak og‘irligi atigi 40 gramm bo‘lib, standart aqlli gadjet funksiyalarini o‘z ichiga oladi.

AI Glasses’ga ovozli yordamchi Xiao Ai o‘rnatilgan bo‘lib, u atrof-muhit va yaqin atrofdagi buyumlar haqida ma’lumot berishi mumkin. Ob’ektlarni tanish funksiyasi 12 megapikselli (IMX681 modulli) kamera orqali amalga oshiriladi. U shuningdek 2K video yozib olish imkoniyatiga ham ega. Ovoz sifati uchun 6 ta mikrofon ishlatiladi.

Qurilma orqali musiqa tinglash va qo‘ng‘iroqlarga javob berish ham mumkin. Batareya 8 soatgacha ishlaydi, USB-C orqali quvvatlanadi.

Xaridorlar uchun 3 xil modifikatsiya taklif etilmoqda: standart, elektroxlromli — soyani boshqarish mumkin bo‘lgan turi va rangli linzali versiya (rangni o‘zgartirish mumkin).

Bazaviy versiyasi Xitoyda 1999 yuan (~3,5 mln so‘m) narxda oldindan buyurtma uchun mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi arzon AI aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi