2 535
O‘zbekistonda dorilarning maksimal chakana narxini ko‘rsatuvchi Telegram-bot ishga tushirildi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi dori vositalarining eng yuqori cheklangan chakana narxlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi Telegram-botni ishga tushirdi.
Agentlik xabariga ko‘ra, Telegram'da @dorinarx_bot manzilida joylashgan robot dorilar narxi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga imkon beradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ham import qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarining narxi, yetkazib beruvchi vositachilarning sonidan qat’i nazar, ulgurji savdoda sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdoda ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
@dorinarx_bot'da dori vositasini ham xalqaro patentlanmagan nomi, ham savdo nomi bo‘yicha izlash mumkin.
Axborot tizimiga 2 mingdan ortiq savdo nomlari kiritilgan. Robot foydalanuvchi so‘roviga javoban unga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi: savdo nomi, dozasi, qadoqlangan soni va qadoq turi, ishlab chiqaruvchi nomi, xalqaro patentlanmagan nomi, maksimal chakana narxi.
Ta’kidlanishicha, fuqarolar biror bir dorixonada dori vositalari maksimal chakana narxidan yuqori narxda sotilayotganidan xabardor bo‘lsa, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining 1159 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Murojaatlar agentlikning www.consumer.uz sayti orqali ham qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”